Kerakli mahsulotlar:

Xamiriga:

2 dona tuxum

1 stakan shakar

0,5 choy qoshiq osh sodasi yoki 1,5 choy qoshiq qabartma (razrixitel)

200 g smetana

100 g sariyog‘ (yoki margarin)

1 ta paket vanilli shakar (3 choy qoshiq)

1,5 stakan un (240 ml stakanda)

Sof og‘irligi 350 1 ta bonka olchali kompot (danaksiz) yoki muzlatilgan 300-400 g olcha

Tayyorlanishi:

1.Dastlab chovliga olcha solinadi, suvi yaxshilab chiqarib tashlanadi, so‘ngra bir ozgina kraxmal yoki un bilan aralashtiriladi, agar muzlagan bo‘lsa, eritiladi va kraxmal sepiladi.
2.Sariyog‘ eritiladi.
3.Katta tog‘orachaga sariyog‘, smetana, qabartma, vanilinli shakar, un solinadi va aralashtiriladi. Xamir quyuq smetana holatiga kelishi kerak.
4.Qolipga xamir quyiladi, olcha solinadi va yengilgina uni xamirga botiriladi.
5.180 haroratda 35-40 daqiqa davomida va undan ko‘pro gaz pechida pishiriladi. Bu pechingizga bog‘liq. Tekshirish uchun tish kovlagichdan foydalaniladi.
Agar mevalar muzlagan bo‘lsa, pishirish vaqti uzayadi.
6.Sovugach, qand upasi sepiladi.

ULASHISH