1. Dugonangiz bilan qo`ng`iroqlashmaganingizga ham ikki hafta bo`ldi. Unga qo`ng`iroq qilganda birinchi galda nima deysiz?

A. Nega hech qo`ng`iroq qilmaysan?

B. Salom, hozir bir gap aytaman, o`zingni tashlavorasan…

C. Salom, ishlaring yaxshimi?

2. Dugonalaringiz bilan uchrashganda siz asosan:

A. Ularni tinglaysiz.

B. Shikoyat qilasiz.

C. Tinmay gapirasiz.

3. Ayollar dugonachiligiga munosabatingiz qanday?

A. U mavjud emas, deb hisoblaysiz.

B. Unga ishonasiz va haqligingizni isbotlash uchun istalgancha dalil keltirishga tayyorsiz.

C. Hammasi aniq odamlarga bog`liq, deb hisoblaysiz.

4. Siz uchun dugonalaringiz:

A. Eng qattiqqo`l tanqidchilaringiz.

B. Sizni qanday bo`lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladigan kishilar.

C. Sizsiz hech narsani eplolmaydigan kishilar.

5. Dugona bo`lib qolish uchun nima qilish kerak?

A. Haftasiga kamida bir marta uchrashib turish.

B. Har kuni qo`ng`iroqlashib turish.

 

C. Bir-biringizni hayotlaringizdagi muhim voqea va o`zgarishlardan xabardor qilib turish.

6. «Dugona» so`zi siz uchun qaysi rang bilan muvofiq keladi?

A. Yashil.

B. Oq.

C. Moviy.

Javoblaringizda:

«A» ko`p bo`lsa: siz to`yingizgacha dugonalaringizdan birortasiga bo`lg`usi turmush o`rtog`ingizni ko`rsatmagansiz. Siz dugonalaringiz orasida o`zingiz uchun qulay va xavfsiz joyni topib olgansiz. Faqat buni dugonachilik, deb bo`larmikan?! Bu shunchaki tanish-bilishchilik munosabati bo`lsa kerak. Shunda ham boshqalar sizni dugonalaringiz yo`qligida ayblamasligi uchun xo`jako`rsinga yo`lga qo`yilgan munosabat. Ruhiyatshunoslar insonning eng nozik tuyg`ulari va sirlarini o`rtoqlashadigan do`stlari (dugonalari) bo`lmasa, uni to`la baxtli, deyishga asos yo`qligini ta`kidlashadi.

«B» javob ko`p bo`lsa: Siz nuqul gapirasiz, gapirasiz, gapirasiz… Sizni samimiy emaslikda, yoki tuyg`ularingizni yashirishda ayblash mushkul. Ammo bu paytda dugonangiz nima qilish kerakligini hech o`ylab ko`rganmisiz? Bir daqiqa tin oling-da, oxirgi marta qachon dugonangizni ham tinglaganingizni, uning hayoti bilan qiziqqaningizni eslab ko`ring. Sizni tinglamaydigan, hayotingiz bilan umuman qiziqmaydigan odam bilan dugona bo`lishdan qanday ma`ni topish mumkin.

«S» javob ko`p bo`lsa: Siz dugonalaringizni ularning barcha ijobiy va salbiy jihatlari bilan birdek tan olasiz va qabul qilasiz, ular bilan birga quvonch va qayg`ularini baham ko`rishga, zarur paytda ularga yordamga kelishga tayyorsiz. Shu bois atrofingizda dugonalaringiz soni keragidan ancha ortiqroq.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH