Bundan 30 yil muqaddam, to’g’rirog’i 1986 yilning 22 noyabr kuni Mayk Tayson tarixda og’ir vazn toifasidagi eng yosh jahon chempioni bo’ldi. U Trever Berbik bilan ringga ko’tarilgan va matbuot «Qiyomat kuni» deya jar solgan kunda Taysonning yoshi 20da edi. U mana shu janggidan so’ng Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi va bu natija hamon o’zgargani yo’q.

Mayk Tayson o’zining 20 yillik faoliyati davomida 58ta uchrashuv o’tkazdi. Ulardan 50 tasini (44ta nakaut) g’alaba bilan yakunladi. Olti marta yengildi. Ikkita jang haqiqiy emas deb topildi. U WBC, WBA va IBF yo’nalishlari bo’yicha mutlaq jahon chempionidir.

E`tiboringizga «Temir Mayk»ning eng sara janglarini taqdim etamiz.

Mayk Tayson — Ektor Mersedes
1985 yilning 6 marti (Birinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba)

 

Trevor Berbik — Mayk Tayson
1986 yilning 22 noyabri (Ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba)

 

Mayk Tayson — Toni Taker
1987 yilning 1 avgusti (To’liq 12 raundli jang. Hakamlarning yakdir ovoziga ko’ra, uning g’alabasi)

 

Mayk Tayson — Frenk Bruno
1989 yilning 25 fevrali. (Beshinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba)

 

Mayk Tayson — Jyeyms «Baster» Duglas
1990 yilning 11 fevrali (10-raundda nokautli mag’lubiyat)

 

Mayk Tayson — Genri Tillmen
1990 yilning 16 iyuni (Birinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba)

 

Mayk Tayson — Donovan Raddok
1991 yilning 18 marti (Yettinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba)

 

Evander Xolifild — Mayk Tayson
1997 yilning 28 iyuni (Uchinchi raundda mag’lubiyat va diskvalifikatsiya)

 

Mayk Tayson — Lennok Lyuis
2002 yilning 8 iyuni (sakkizinchi raund, nokaut bilan mag’lubiyat)

manba: Kun.uz

ULASHISH