Jinoyatchilar tomonidan Telegram messenjyerini qo’llab, 5 ming rubl miqdorida pul talab qilinadigan birinchi zararli dastur aniqlandi. Bu haqda antivirus dasturlari yaratish bilan shug’ullanuvchi «Laboratoriya Kasperskogo» kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda
 
Zararli dastur matnli va grafik fayllarni shifrlaydi. U Telegram boti hisoblanadi. Dastur yaratuvchilari messenjyer servislaridan botni identifikatsiya qilish uchun unikal token (foydalanuvchini avtorizatsiya qilish, elektron yozishmalarni himoyalash, axborot resurslariga masofadan xavfsiz kirish va shaxsiy ma`lumotlarni ishonchli saqlashga xizmat qiluvchi) olishdi va uni dasturga kiritishdi.

Natijada dastur messenjyerning ommaviy API’sini qo’llab, jinoyatchilar bilan aloqani qo’llab-quvvatlashi mumkin. Misol uchun, dastur kiberjinoyatchilarni kompyuter zararlangani haqida xabardor qilish uchun berilgan raqamli chatga xabar yuboradi.

«Agar siz bu dasturning qurboniga aylangan bo’lsangiz, sizdan jinoyatchilarga pul to’lamaslikni so’raymiz», deb aytdi kompaniya xodimi Fedor Sinitsin.

manba: Kun.uz

ULASHISH