Bandai Namco kompaniyasi yaqinda o‘tkazilgan eng yaxshi kompyuter o‘yinlarini taqdirlashga bag‘ishlangan Golden Joystick Awards 2016 marosimi doirasi ancha paytdan buyon kutilayotgan Tekken 7 o‘yinining yangi treylerini e’lon qildi. Mazkur o‘yinning avvalgi versiyalari ham jahon bo‘ylab katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Treylerda o‘yin jarayonidan tashqari syujetli roliklardan fragmentlarni ham ko‘rish mumkin. Hozircha o‘yinning taqdimot sanasiga aniqlik kiritilmagan. Biroq kompyuter o‘yinlari sohasiga aloqador mutaxassislarning ta’kidlashicha, Tekken 7 2017 yilning boshida rasman namoyish etilishi mumkin.

Ferra nashrida yozilgan ma’lumotlarga qaraganda, Tekken 7 o‘yinini nafaqat PlayStation 4 Xbox One konsollarida, balki kompyuterlarda ham o‘ynash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Treyler videosi bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

manba: Terabayt.uz

ULASHISH