Inson nega yolg’on gapiradi? U insonning o’ziga qanday ta`sir ko’rsatadi? Britaniya va Amerika ruhshunoslari uzoq zamonlardan beri insoniyatni qiynab keladigan va nima uchun inson doimo yolg’on gapirishni boshlashiga oid savolga javob topganliklarini ta`kidlashmoqda. Ularning bu borada olib borgan tadqiqot natijalari Nature Neuroscience jurnalida chop etilgan

Tajribalarning ko’rsatishicha, insonning uncha jiddiy bo’lmagan foyda olishiga sabab bo’lgan kichik yolg’oni, uning asab tizimini kelgusida yana yolg’on gapirishiga tayyorlaydi.

Olimlar maxsus o’yinda ishtirok etgan 80 nafar ko’ngillini kuzatishlari natijasida shunday xulosaga kelishgan. Ishtirokchilar, juftlarga ajratilgan, har bir juftda tajriba o’tkazuvchilarning gumashtasi ham bo’lgan. Ko’ngillilar, ekranda ko’rsatilgan bankdagi tangalar sonini aytishlari talab etilgan. Bunda juftlikning biri, ya`ni olimlarning gumashtasi tangalarning taxminiy sonini aniq bilgan va shu bois uni aytishga qaror qilgan. Biroq, uning foydasi hamkori va o’zi bildiruvchi raqamlar orasidagi farqqa bog’liq bo’lgan.

Ma`lum bo’lishicha, vaqt o’tishi bilan, o’yin jarayoni rivojlangani sayin, olimlarning gumashtalari o’z safdoshlarini ko’proq alday boshlagan. Tajriba o’tkazuvchilar esa, o’yin davomida yolg’onchilarning bosh miyasida sodir bo’layotgan jarayonlarni magnitli-rezonansli tomografiya yordamida kuzatishgan.

Aniqlanishicha, yolg’onchilar do’stlarini ilk aldashganida ularning bosh miyasidagi bodomcha bezlari faollashgan. O’yin davom etishi davomida 10-20-bosqichga yetganidan so’ng, ishtirokchilarning yarmi hamkorlarini ko’proq aldashgan, bu holatda miya faolligi susaygan.

Shunday qilib, tadqiqotchilarning fikricha, tajribada qatnashganlar doimiy yolg’on gapirishga ko’nika boshlagan. Olimlarning taxmin qilishlaricha, inson tanasi shu bilan jiddiy xavotirlar va zo’ravonliklarga moslashib borishi mumkin. Navbatdagi tajribalarda, olimlar ushbu taxminlarni tekshirib ko’rish niyatida.

manba: Kun.uz

ULASHISH