Dog`istonning Maxachqal`a shahrida suvning kerakli miqdorda xlorlanmaganligi oqibatida shahar aholisi ommaviy tarzda zaharlandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Nashrning ma`lum qilishicha, yog`ingarchilik tufayli Miatlin suv chiqarish inshoatini suv bosgan. Hozirda zaharlanish tufayli 360 nafar odam kasalxonaga yotqizildi. Shaharda aholini iflos suvdan himoya qilish chora-tadbirlari ko`rildi. Ommaviy zaharlanish fakti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH