Google tomonidan ishlab chiqilgan DeepMind sun’iy intellekt tizimi orzu qilishni (o‘ylab ko‘rishni) o‘rgandi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Bu tizim ishining samaradorligini oshirdi.

Yangi tizim Unsupervised Reinforcement and Auxiliary Learning agent, yoki Unreal deb nom oldi. U orzu qilish jarayoniga taqlid qiluvchi algoritm qo‘shilgan DeepMind’ga asoslangan.

Tizimga ko‘pincha standart sinov sifatida qo‘llaniladigan Labyrinth o‘yinini o‘ynashni taklif qilishdi. Unreal o‘yinni avvalroq yaratilgan har qanday tizimlardan o‘n marta tezroq yakunladi. Shundan keyin u 57 ta eski Atari o‘yinlarini o‘ynab ko‘rib, yuqori natijalarni qayd etdi.

“Orzu qiluvchi” (o‘ylab ko‘ruvchi) Unreal tizimi o‘yinlarni odamlarga qaraganda 880 foizga yaxshiroq o‘ynadi.

O‘yin o‘ynash jarayonida Unreal “orzu qildi” (o‘ylab ko‘rdi) — avvalgi urinishlarini eslab ochko keltiruvchi holatlarga alohida e’tibor qaratdi. Odamlar ham xuddi shunday orzu qiladi — ular ijobiy va salbiy tajribani tahlil qiladi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH