Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg dunyo yetakchilarini internet-aloqaning tarqalishida hamkorlik qilishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda u Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti bo‘lib o‘tayotgan Peru poytaxti Limada aytib o‘tdi.

Sukerberg sammit ishtirokchilarini ko‘proq sonli odamlarni internet bilan ta’minlashda yordam beradigan infratuzilmani yaratish maqsadida Facebook kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoq asoschisi ta’kidlashicha, internet “ilmiy taraqqiyotga va iqtisodiy o‘sishga imkon yaratsa-da”, bunday infratuzilmani yaratishga sarflanadigan mablag‘lar kamaymoqda.

“Agar biz internetga ulanmagan to‘rt milliard kishini internet-aloqa bilan bog‘lay olsak, unda qashshoqlik ostonasida yashayotgan yuz millionlab odamlarga yordam bera olamiz”, — deya ishonch bildirdi Sukerberg.

manba: Daryo.uz

ULASHISH