“Starbaks amaki”: Otaxon qahvasini oxirigacha ichib olish uchun suv ostida qolgan savdo markazidan ketmadi

Gonkongda asta suvga to‘lib borayotgan savdo markazida qahvasini oxirigacha ichib olish uchun qolgan qariya suratga olindi, deya xabar bermoqda Meduza.

Savdo markazi joylashgan Chxayvan tumanida bir necha kun tinimsiz yog‘gan yomg‘ir natijasida toshqin yuz bergan.

Internet foydalanuvchilari otaxonga “Starbaks amaki” deb nom qo‘ygan.

stabaks-1

E’lon qilingan suratlarning boshqa birida qahvaxona xodimlari tebranmas xo‘randa o‘z qahvasini ichib bo‘lishini sabr bilan kutayotganini ko‘rish mumkin.

stabaks-2

Biroz vaqt o‘tib, “Starbaks amaki”ning yoniga quloqlik taqqan bir yosh yigit ham qo‘shilgan.

stabaks-3

Turgan gapki, ular internet foydalanuvchilarining hazil-suratlari qahramonlariga aylandi.

stabaks-4

stabaks-5

stabaks-7

stabaks-6

manba: Daryo.uz

ULASHISH