Sportchilar tarixiy timsollarga aylanganda (qiziqarli fotogalereya)

Italiyalik grafik dizayner «Pupuzzaro» sportchilarning ajoyib tarixiy suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi «olamsport.com».

Yamayka shahzodasi Useyn Bolt! U o’zining tezkorligi bilan barcha jangchilarga o’rnak bo’la oladi.

Fransuz oqsuyaklaridan biri Antuan Grizmann. Muhim pallada sheriklarini olg’a boshlay oladi va dushman tomon hujum qilishdan tap tortmaydi.

5718_680Konor Mak Gregor — Irland qo’shinining eng ko’zga ko’ringan askarlaridan biri. Yakka olishuvlarda raqiblarini yanchib tashlaydi.

Italiya armiyasining ishongan zobitlaridan biri — Janluiji Buffon. U mamlakat qo’rg’onini mustahkam qo’riqlay oladi.

Kelib chiqishi rus bo’lgan, lekin Italiya zobiti hisoblangan Ivan Zaycev. U to’plarni bir zarba bilan dushman tomon juda uzoqqa uchira oladi.

Lebron Jeyms janglardan bo’sh vaqtida okeanortida bo’lib o’tadigan xalqaga to’pni uloqtirish mashqlari bilan shug’ullangan va buning evaziga katta pul ishlab olgan.

Jon Terri — haqiqiy aristokrat! Qadimgi London qalasi himoyasining mustahkamligida uning katta hissasi bor.

ULASHISH