Sovuq kunda avtomobil oynasi terlashidan noliyotganlar uchun tavsiya

Aksariyat haydovchilar yilning yog‘ingarchilik yoki qish mavsumida havo harorati keskin tushishi natijasida avtomobil oynalari terlashidan ko‘p aziyat chekishi bor narsa, deb yozdi “Xabardor”. Bunda nashr Adme.ru ma’lumotlariga tayanib, mazkur tashvishdan xalos bo‘lish usuli haqida hikoya qildi.

2-68

Buning uchun asosan 3 ta narsa kerak bo‘ladi:
1. Paxtadan tikilgan paypoq
2. Nam so‘ruvchi mahsulot (uni istalgan zoodo‘kondan xarid qilish mumkin)
3. Yopishqoq lenta o‘rami.

1. Paypoqni yumaloq o‘ram ichidan o‘tkazasiz.

3-60

2. Paypoqning yarmini nam so‘ruvchi mahsulot bilan to‘ldirasiz.

4-44

3. O‘ramni olib, paypoqni yaxshilab bog‘laysiz.

5-35

4. Avtomashina salonidagi ochiq joyga qo‘yilgan nam so‘ruvchi mahsulot havodagi namlikni o‘ziga tortib oladi. Bu esa oynalar o‘z shaffofligini saqlashiga yordam beradi.

6-26

ULASHISH