Soatlarning qishki vaqtga surilishi oqibatida yangi tug‘ilgan egizaklar — Ronan va Semyuel Pitersonlar bir vaqtning o‘zida bir-biridan katta bo‘lib qoldi, deb xabar beradi TJournal.

Hodisa 5-noyabrdan 6-noyabrga o‘tar kechasi Massachusets shtatidagi Cape Cod gospitalida sodir bo‘ldi. Semyuel 1:39 da dunyoga keldi, tungi soat ikkida vaqt bir soat ortga surildi va 2:10 da tug‘ilishi kerak bo‘lgan Semyuelning ukasi Ronan 1:10 da dunyoga keldi.

Shunday qilib, egizaklardan biri aslida ikkinchisidan katta, ikkinchisi esa hujjatlar bo‘yicha katta bo‘lib qoldi. Doya ayol kasalxonadagi 40 yillik faoliyati davomida bunday hodisaga birinchi bor duch kelganini ma’lum qildi.

“Ulardan biri ‘katta’, boshqasi esa oldinroq tug‘ilgani qoyilmaqom, deb hisoblayman. Umid qilamanki, ular bu tufayli butun umr bahslashmaydi”, — dedi egizaklarning onasi Emili Piterson.

manba: Daryo.uz

ULASHISH