Olimlarning yangi ishlanmalari smartfonlarni bir haftada bir marta quvvatlash imkonini beradi. Bundan tashqari smartfonlar bir ondayoq quvvat oladigan bo‘ladi. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Yangilik hozirda konsept-model bosqichida, uni Florida texnika instituti mutaxassislari ishlab chiqishmoqda. Gap yangi super-akkumulyatori haqida ketmoqda.

Yangi batareya energiya ishlab chiqarish uchun qiyin kimyoviy jarayonlarga muhtoj emas. Bundan tashqari u katta hajmga ega bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchilar uning ixcham va qayishqoq bo‘lishini va’da berishmoqda. Batareyaning quvvatlanish vaqti 3-5 sekundni tashkil qiladi.

Yangilik sinov jarayonida bo‘lib, uning qachon amaliyotga tadbiq etilishi ma’lum emas.

Bundan avval 26 sekundda quvvat oladigan akkumulyator yaratilgani haqida xabar berilgan edi. Uni amerikalik Shon Vest yaratgan. U bir daqiqadan kam vaqtda 100% gacha quvvat oladi. Bundan tashqari batareya o‘z quvvatini uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega.

ULASHISH