Kerakli mahsulotlar:

1 kg kartoshka

600 g skumbriya (taxminan 1 ta katta baliq)

150 g pishloq

Mayonez yoki smetana va mayonez aralashmasi

Tuz va murch – ta’ba ko‘ra

Tayyorlanishi:

Dastlab mahsulotlarni tayyorlab olamiz: kartoshkani tozalab olamiz, skumbriyaning qiltanoqlarini olib tashlab, mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Kostryulkadagi suvni olovga qo‘yamiz. Suv qaynaguncha kartoshkani halqalarga bo‘lamiz. Kartoshkani qaynayotgan suvga 2-3 daqiqaga solamiz.

Bu vaqtda pishloqni tayyorlab olish mumkin, ya’ni qirg‘ichdan chiqariladi. Qolipga o‘simlik yog‘i surkaladi va unga yarim chovli kartoshkani solamiz. Kartoshkalarga tuz va murch sepiladi. Toblamamizning birinchi qatlamiga mayonez surkaladi. Kartoshka ustiga baliq solinadi. Unga ham tuz, murch va mayonez bilan ishlov beriladi. Kartoshkaning qolgan qismini solib, yana tuz, murch va mayonez qo‘shiladi. Ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi va qizdirilgan gaz pechida 190 haroratda 40 daqiqa davomida pishiriladi. Usti qizargach, pechdan olamiz. Sovugach, bo‘laklarga bo‘lamiz.

Yoqimli ishtaha!

ULASHISH