Sizningcha shippaklar qaysi rangda: ikki lagerga ajralamiz

Rangi “tushunarsiz” ko‘ylak bilan bog‘liq holat takrorlanmoqda, — deb yozadi lady.mail.ru.

Internet tarmog‘ida foydalanuvchilar rangini aniqlay olmayotgan shippak sur’ati paydo bo‘ldi.

photo_2016-11-22_11-31-21

Sur’atni Twitterda BuzzFeed muharriri uchratib qoldi. Nashr o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra ko‘pchilik shippaklarni oq-tilla yoki ko‘k-tilla rangda ko‘rmoqda. Ba’zilar esa shippaklar qora-ko‘k yoki ko‘k-jigarrang rangda deb hisoblamoqda.

Shippaklarni ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘langan nashr shippaklar ko‘k va to‘q kulrangda ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, tarmoq foydalanuvchilarida bunday optik illuziya o‘tgan yili rangi “tushunarsiz” ko‘ylak sur’atini ko‘rganda kuzatilgandi.

Sizningcha shippaklar qaysi rangda?

ULASHISH