Barchasining o‘z sababi bor.

1.Bosh og‘rig‘i
Agar siz doimiy ravishda ruhiy stressda holatida va haddan tashqari ishga ko‘milib ketgan bo‘lsangiz, boshingiz orishiga ajablanmang. Bosh og‘rig‘ii yengishning eng yaxshi yo‘li – tanani bo‘shashtiradigan tajribani bajaring, misol uchun meditatsiya yoki yoga. Doktor Kristian Peterson ruhiy holat uyg‘unligiga e’tibor berish bilan bosh og‘rig‘ini qo‘yib yuborish mumkinligini aytadi.
2.Bo‘yin.
Nimadadir o‘zini kechira olmaydigan inson bo‘ynida og‘riq borligidan shikoyat qiladi. Aybdorlik yuki bu joyni falaj qiladi, o‘zini yeyish va vijdon azobidan tezkorlik ilan halos bo‘lish kerak. Bo‘yindagi og‘riq o‘tib ketishi uchun dunyoni har qanday holatda boricha qabul qilish kerak. xiroamaliyotchi-kineziolog shifokor Lori D’Askenzo o‘zingiz va atrofdagilarni kechirishni tavsiya etadi. Bu o‘zingizni yaxshi his etishga foyda beradi.

3.Yelkalar
Xiroamaliyotchi Ros Kitson yelkalar barcha mas’uliyat va g‘amxo‘rlik tushadigan joy ekanligini tushuntiradi. Yelkalardagi og‘riqqa karshi eng yaxshi vosita – yaqin insonlarga g‘amxo‘rlik yukini taqsimlash, barcha narsani o‘zingizga tortishni bas qilish.

4.Orqaning yuqori qismidagi og‘riq
Bu nuqta sevgi uchun, uning olish va berishga javob beradi. O‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha amaliyotchi va trener Ronda Degast bu joydagi og‘riq bo‘lganda odamlar bilan munosabatlar bilan shug‘ullanish, quvvat almashish jarayonini muvozanatga keltirishga harakat qilish zarur, deb hisoblaydi. Sevgini bir maromda olish va berish kerak.
5.Bel
Orqa tomonning pastki qismi moliyaviy ishlarga javob beradi, shunday ekan siz o‘z moddiy holatingizdan ko‘nglingiz to‘lmasa, belingizdagi ko‘p og‘rishidan hayron bo‘lmang. Shifokor Mark. V. Tong ogohlantiradi: agar pul sizga tunu kun tinchlik bermasa, kam pul ishlab topib, ko‘p sarflasangiz, bu sog‘liq bilan jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Pulga bo‘lgan munosabatingizni aql bilan yo‘lga qo‘ying.

6.Tirsaklar
Alan Fogel “Bugungi psixologiya” jurnalida ma’lum qiladiki, tirsaklar sizning tashqi dunyo bilan shafqatsiz ekanligingizni bildirar ekan. Mehribon bo‘ling, murosa-yu madora qiling, ana shunday bu joyingiz og‘rimaydi.
7.Qo‘llar
Ko‘pincha qo‘llar orqali tashqi dunyo bilan ko‘p o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi. Lori D’Askenzo qo‘ldagi og‘riq odamlar bilan munosabatda kamchilik borligidan yoki keragidan ortiqchaligidan dalolat berishini tasdiqlaydi. Barchasi o‘z me’yorida bo‘lishi kerak, buni unutmang.
8.Yonbosh (son)
Sonlar oldinga, kelajakka harakat uchun javob beradi, deydi xiroamaliyotchi Barbara Klark. O‘zgarishlardan qo‘rqmang, sizni kutayotgan voqealarga teran nigoh bilan boqing va sondagi og‘riq sizni bezovta qilmaydi. Yangilik uchun moslashuvchan va ochiq bo‘ling, bu mustahkam ruhiy va jismoniy sog‘lom bo‘lishingizning garovidir.
9.Tizza
Tizzalar o‘zingizga baho berishni aks ettiradi. Agar inson o‘zini kamsitib, boshqalar oldida o‘z xudbinligini ulug‘lasa, tizzadagi og‘riqlardan halos bo‘la olmaydi. Noan’anaviy Sharq tibbiyoti bo‘yicha mutaxassis Lorens Michel o‘ziga nisbatan hazil-mutoyiba bilan munosabatda bo‘lishni va o‘zini sevishni taklif etadi.
10. Muskullar
Xafagarchilik va hasad mana shu joyga e’tibor qaratadi. Shifokor Laura Perribu salbiy tuyg‘ulardan voz kevishni va qalbdagi dunyo bilan yashashni maslahat beradi, ana shunda hech qanday muskullar zo‘riqishi sizga noqulaylik tug‘dirmaydi.

11.To‘piqlar
Mamnuniyat og‘riqni yengadi! To‘piqlar ham mana shunday. Bu joydagi og‘riq siz xotirjam bo‘lish va lahzalardan lazzat ola bilmasligingizdan dalolat beradi. O‘zini anglash bo‘yicha bir qancha kitoblar muallifi Juli Duglas o‘zingizni erishgan mukofotlardan mahrum qilmaslik va hayotdan yuqori darajada lazzat olishni tavsiya etadi.

12.Oyoq kafti
Agar oyoq kaftingiz og‘riyotgan bo‘lsa, salbiy xayollar va muammolarni qo‘yib yuborish vaqti yetgan bo‘ladi, yomon narsaga e’tibor qilishni to‘xtatish zarur. Kaliforniyalik ruhshunos Adaobi Anijey har bir ijobiy narsani qadriga yetish keraligini, jiddiy muammolarga kamroq e’tibor berishlsa, ular erib ketishini aytadi.

Siz ruhiy og‘riqqa sabr qilsangiz, tana kuchli tarzda qiynaladi. Nima uchun o‘zingizga o‘zingiz zarar yetkazishingiz kerak? U yoki bu vaziyat sizga qanday ta’sir ko‘rsatishi sizga bog‘liqdir. Hayot qulay bo‘lishi uchun o‘zingizga yomonlikni yig‘maslik va ijobiy narsaga e’tibor qaratish yetarli. Odat bo‘lib qolgandan boshqacha tarzda fikrlashga harakat qilib ko‘ring va sizda barchasi yaxshilikka xizmat qiladi! Tana va ruhiyat sog‘lom bo‘ladi, bu axir juda muhim!

ULASHISH