Singapurda yashovchi qizcha o`zining uzun sochi bilan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida mashhur bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bir yosh-u, to`qqiz oylik Xizerning onasi, 33 yoshli Nina Serna (Nina Serna)ning aytishicha, qizcha tug`ilgandayoq, uning sochi 15 santimetr bo`lgan ekan. Hozirda u qizi bilan ko`chaga aylanishga chiqqanda, yo`lovchilar uni to`xtatib, sochi hurpaygan qizi bilan suratga tushishga ruxsat so`rar ekan.

Aksariyat odamlar qizchaga parik kiygizilgan, deb hisoblaydi. Onasi uni cho`miltirgandan keyin, sochiga shakl berish uchun albatta, soch qurituvchi fendan foydalanadi.

bhb5b3f0nq1mkdsg1emjwdcg9Avvalroq, 2 oylik Junior ismli bolakayning noodatiy sochlari tufayli mashhurlikka erishgani haqida xabar bergan edik.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH