Singan qo‘li bilan 8 raund jang qilgan bokschi Marko Xuk chempionlik kamarini himoya qila oldi

Xalqaro boks tashkiloti (IBO) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni germaniyalik Marko Xuk ukrainalik Dmitriy Kucherga qarshi chempionlik himoyasi bellashuvida singan qo‘li bilan 8 raund jang qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

bz-berlin-680x383

Bellashuv shu yilning 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. 12 raund davom etgan jangda germaniyalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini himoya qildi.

Xuk osonlikcha g‘alaba qozongandek ko‘rindi, ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u 8 raund davomida qo‘lidagi jarohat bilan jang qildi. 32 yoshli sportchi Twitter’dagi sahifasiga singan qo‘lining rentgen suratini yukladi.

huk

manba: Daryo.uz

ULASHISH