AQSHning Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari qari va yosh sichqonlar orasida qon quyishning yangi tizimini ishlab chiqishdi, — deb yozadi Nature jurnali. Bunday qon quyilishdan keyin hayvon organizmida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.

Organizmning ichki holati yosh o‘tishi bilan teri va organlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarga bog‘liq. Yosh va qari sichqonlarning qonlarini birlashtirib o‘tkazilgan tajribalar, birinchilarning qon plazmasi ikkinchilar organizmining yosharishishiga va kognitiv funksiyalarning yaxshilanishiga yordam berishini tasdiqladi.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, yosh qon qari sichqonlarda zararlangan muskul to‘qimalarini tiklanishiga, qarilar qoni esa yosh organizmda yangi miya to‘qimalari paydo bo‘lishiga va jigar to‘qimalarining qayta tiklanishiga ta’sir o‘tkazar ekan. Bu o‘zgarishlar qon almashtirish o‘tkazilgandan so‘ng dastlabki olti kunda kuzatilgan.

Qoida tarzida qari qonning cheklangan ta’siri foydali yosh qon ta’siridan ko‘ra ko‘proq sezilarli bo‘lgan. Kelajakda olimlar qari hayvonlarning qonini quyishni, nima uchun ular qoni organizmga chuqurroq ta’sir o‘tkazishini batafsil o‘rganishni rejalashtirganlar.

ULASHISH