Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida “Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning haykali paydo bo‘lishi mumkin. Haykal Shvetsiya terma jamoasiga tegishli Friends Arena yaqinida o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qiladi “Chempionat”.

35 yoshli Ibrahimovich qatorasiga 10-marta Shvetsiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Ushbu munosabat bilan mamlakat futbol federatsiyasi hujumchining futbol rivojiga qo‘shgan hissasini abadiylashtirib, 2,7 metrlik xaykal o‘rnatmoqchi.

Ma’lumot uchun, Zlatan Ibrahimovich Shvetsiya termasi safija 116 o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH