Shokoladli qavat uchun:

Shokolad – 100 g;

Sariyog‘ – 100 g;

Shakar – 100 g;

Un – 100 g;

Kakao – 2 osh qoshiq;

Tuxum – 2 dona;

Qabartma (razrыxlitel) – 0,5 choy qoshiq;

Vanilin – 1 ta paket;

Tuz –bir chimdim;

Tvorogli qatlam uchun

Tvorog – 200 g;

Shakar – 2 osh qoshiq;

Tuxum – 2 dona;

Vanilin – 1 ta paket.

Shokoladni bo‘laklarga bo‘lamiz, sariyog‘ bilan eritamiz.

Tuxumni shakar va tuz bilan ko‘pirtiramiz. Shokoladli-sariyog‘li aralashmaga ko‘pirtirilgan tuxum qo‘shiladi.

Un kakao va qabartma bilan aralashtiriladi. Barcha masalliqlar qo‘shiladi.

Tvorogli nachinka uchun tvorog, tuxum, shakar va vanilinni yaxshilab aralashtiramiz. Qolipning tagiga birozgina shokoladli xamirdan, uning ustiga bir qancha joylarga tvorogli aralashmaning yarmini solinadi. Qavatlar takrorlanadi, eng ustiga tvorogli xamir solinadi. Yirik naqshlar tushiriladi. Shokoladli-tvorogli pirog 180 gradusda 30-40 daqiqa davomida pishirib olinadi. Panjara ustida sovutiladi.

Juda ham totli va yumshoq shokoladli-tvorogli pirog tayyor.

Yoqimli ishtaha!

ULASHISH