Kerak bo‘ladigan mahsulotlar:

Biskvit uchun:

5 dona tuxum

125 g shakar

125 g un

1 osh qoshiq kakao

Kremi uchun:

200 gr qaynatilgan quyultirilgan sut

200 gr sariyog‘

50 gr kakao

10 gr o‘simlik yog‘i

Shakarli qiyom uchun:

75 gr shakar

75 ml suv

20 ml konyak

Qanday tayyorlanadi:

1.Tuxumni shakar bilan ko‘pirtiriladi. Unga elakdan o‘tkazilgan un va kakao qo‘shiladi. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
2.Qolipga quyiladi va gaz pechida 180 haroratda pishiriladi. Pishganini gugurt cho‘pi bilan tekshiriladi, u quruq bo‘lishi kerak (18 smli qolipdan foydalanishingiz mumkin).
3.Korj pishguncha kremini tayyorlaymiz.
Quyultirilgan sutni sariyog‘ bilan aralashtiriladi, kakar qo‘shiladi va o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Ajoyib krem hosil bo‘ladi.

4.Bikvit tayyor. Uni qolipdan chiqarib, sovutiladi. Agar vaqt bo‘lsa, uni oshxonada sochiq yopiq holatda bir kechaga qoldirish mumkin. Agar vaqt bo‘lmasa, sovugan biskvitni 3 ta qatlam qilib kesiladi. Har bir korjni qiyom bilan shimdiring.
5.Korjlarning usti va yonini krem bilan surtib chiqing. Istaganingizcha bezating. Yonini yong‘oq bilan bezatdim. Tortni muzlatgichda saqlanadi, tortishdan bir soat avval olinadi.
Yoqimli ishtaha!

ULASHISH