Mehmonlar juda qoyil qolishadi.

Kerakli mahsulotlar:

180 gr (1 ta to‘la stakan) bug‘doy yormasi

210 gr shakar

10 gr vanilli shakar

100 gr un

30 gr kakao kukuni

100 ml (0,5 stakan) o‘simlik yog‘i

1,5 choy qoshiq qabartma (razrixitel)

Ta’bga ko‘ra sukat va yong‘oqlar

Tayyorlanishi:

1.Bug‘doy yormasini shakar, vanilli shakar va suv bilan aralashtiriladi va 2-3 soatga qo‘yib qo‘yiladi.
2.3 soat o‘tgandan keyin yog‘ qo‘shilib, aralashtiriladi.
3.Kakao, un va qabartma elakdan o‘tkazilib, qo‘shiladi va kurakcha bilan aralashtiriladi.
4.Pirogni 30-60 daqiqaga 180 haroratgacha qizdirilgan gaz pechiga qo‘yiladi.
5.Dasturxonga tortishdan avval ta’bingizga ko‘ra bezatasiz.

ULASHISH