Bollivud qiroli Shohruh Xon 2 noyabr kuni 51 yoshini qarshiladi. Mashhur hind aktyorini tabriklash uchun butun dunyodan minglab muxlislar uning uyi oldiga yig`ilishdi. 

Shohruh Xon o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ushbu holat aks etgan video hamda selfisini joyladi. U muxlislariga qarata shunday so`zlarni yozdi:

“Dunyoning barcha burchagidan meni deb kelganingizdan boshim osmonga etdi. Bu men uchun qanchalik baxt ekanligini bilsangiz edi. Qanchalik sevimli ekanligimni yana bir bor his etdim. Agar imkoni bo`lganida edi, men sizlarning orangizga sakragan bo`lardim. Barchangizga tug`ilgan kunimni unutilmas bo`lishi uchun kelganingiz uchun rahmat. Bu hayotimdagi eng unutilmas onlar. Sizlarni sevaman!”

Shohruh Xon 1965 yilning 2 noyabr kuni Dehlida musulmon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Toj Muhammad Xon Hindiston mustaqilligi uchun harakati faoli bo`lgan. Aktyorning onasi Latif Fotima general-mayorning o`gay qizi bo`lgan. Aktyorning katta opasi Shahnoz. Shohruhning 15 yoshida otasidan ayrilgan, u saraton kasalligidan vafot etgan. Yana 10 yildan so`ng esa aktyorning onasi ham olamdan o`tgan. Shohruh ota-onasini juda e`zozlagani sababli bu voqealar unga juda katta zarba bo`ldi. Ularning o`limi uning hayotidagi eng katta yo`qotish.

1986 yilda Shohruh Xon kollejga kirib iqtisodiyot yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini oldi, keyin ommaviy kommunikasiyalar bo`yicha magistrlik darajasini oldi. Shundan so`ng u o`z faoliyatini Bollivudda sinab ko`rishga qaror qildi va Dehlidagi milliy drama maktabiga kirdi. 1988 yilda aktyor teleserialda o`zining ilk bosh rolini o`ynadi. 1990 yilda Shohruh o`zining bollivud filmidagi ilk rolini oldi — «Kabare raqqosasi». Ushbu kartina ustida ish cho`zilib ketgani sabab, 1992 yilda ekranlarga «Telba muhabbat» filmi chiqdi. Ikkinchi darajali rol bo`lishiga qaramay, u “Eng yaxshi erkak debyuti” nominasiyasida Filmfare mukofotiga sazovor bo`ldi.

q1zx4rtfek1t7fi37vpjzd56m

u9j7aem25ault1q5q02vhts40

2tcvofnxco3pgwp190rp59ovu

manba: Darakchi.uz

ULASHISH