Shohjahon Jo‘rayev konsertiga kelolmay qolgan muxlisasini ko‘rish uchun Namanganga bordi

20, 21 va 22-oktabr kunlari o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan qo‘shiqchi Shohjahon Jo‘rayev, shu konsertiga kela olmagan muxlisasining uyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Protoday xabar berdi.

3-22

Tashrifdan maqsad yakkaxon konsert dasturiga ayrim sabablarga ko‘ra bora olmagan namanganlik muxlisasidan xabar olish edi, deb yozilgan xabarda. Qo‘shiqchi kelasi konsert dasturi uchun taklifnoma yuborishini ma’lum qilib, xonadon egalari bilan xayrlashgan. O‘z navbatida uy egalari qo‘shiqchini duo qilib qolgani aytilgan.

2-23

1-24-480x600

ULASHISH