Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Dilshod Sultanovga hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga (Sultanov) Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi M. Xodjaxanova farzandi 14 yoshidan beri oyog‘ida metall protez bilan yurishini va har yili komissiya ko‘rigidan o‘tish juda og‘irligini ko‘rsatib, doimiy nogironlik masalasini hal etishda yordam so‘rab qilgan murojaatini uzil-kesil hal qilish o‘rniga rasmiyatchilik bilan javob berganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin”, — deyiladi xabarda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH