O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 29-oktabr, shanba kuni Vazirlar Mahkamasi binosida AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va AQSh davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Daniel Rozenblyum ishtirok etgan.

Uchrashuvning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Tomas Shennon 28-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH