To‘yimli nonushta uchun ideal variant

Kerakli mahsulotlar:

1 dona katta bo‘lmagan piyoz

½ o‘rtacha shirin bulg‘ori qalampiri

1 dona kichik achchiq qalampir

2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi

½ choy qoshiq maydalangan zira

200 g sharbati chiqarilgan pomidor

Ta’bga ko‘ra tuz va shakar

1 choy qoshiq uzum yoki olma sirkasi

3 dona tuxum

Tayyorlanishi:

1.Piyozni mayda, bulg‘ori qalampirini somoncha qilib to‘g‘raladi. Tovada o‘rta olovda 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini qizdiramiz. Piyoz va bulg‘orini solib, 5 daqiqada davomida aralashtirib, qovuramiz.
2.Mayda to‘g‘ralgan garmdori, sarimsoq piyoz vazirani qo‘shamiz. Yana 1 daqiqa qovuriladi. Pomidor sharbati bilan qo‘shiladi. 5 daqiqa davomida qopqoqsiz holatda dimlaymiz. Ta’bga ko‘ra sirka, tuz va shakar qo‘shiladi.
3.Tovaga tuxumni chaqamiz.
4.Past olovda 10-15 daqiqa davomida tayyorlaymiz. Variant sifatida tovani 200 darajada qizdirilgan gaz pechida joylashtirib, pishirish mumkin. Non yoki lavash berish tortish mumkin.

ULASHISH