kinopoisk.ru

Instagram’da rejissor Akbar Bekturdiyevning “Virus” nomli filmi treylerlari tarqaldi. Film premyerasi 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Filmda Diyorbek Mahkamov, Shahzoda Matchonova, Yulduz Rajabova, Rixsitilla Abdullayev, Shokira Doniyorova, Akbarxo‘ja Rasulov, Alixan, Habibulla Nizomov, Manuchehr Qalandorzoda, Iso To‘rayev kabi aktyorlar suratga tushgan.

Treylerlarning birida Shahzoda Matchonovaning qahramoni qandaydir videoni YouTube’ga chiqarib yuborish bilan tahdid qiladi. Treyler qahramonlardan birining: “Men uni butini yiraman!”, degan gapi bilan tugagan.

Rejissor Rustam Sa’diyev film bosh maslahatchisi sifatida suratga olish ishlarida qatnashgan. Uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida kartinaga: “Dahshat film!”, deya ta’rif bergan.

Rustam Sa’diyev tomonidan e’lon qilingan treylerda Shahzoda Matchonovaning qahramoni Diyorbek Mahkamovning obraziga: “Xotiningizni qo‘ying, uni baribir yaxshi ko‘rmaysiz”, degani aks etgan. Rolik: “Men uning terisini shilib olaman”, degan ovoz bilan tugagan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH