Ispaniyaning «Sevilya» klubi himoyachisi Odil Rami «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o’zaro solishtirib, argentinalik futbolchining kuchliroq ekanini ta`kidladi.

«Men maydonda Messi, Ronaldu va Grizmann bilan ham to’qnash kelganman. Haqiqatan ham gap dunyoning eng yaxshi uchta futbolchisi haqida bormoqda.

Lekin, Ispaniyada o’ynay boshlaganimdan buyon faqat Messi va Ronalduni taqqoslashadi. Ular dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi, ammo Messi — bu baribir Messi. U ikki-uch raqib bilan kurash olib bora oladi, agar unga guruh bo’lib qarshilik qilishsa, kerakli pasni amalga oshirishga qodir. Messi ko’proq jamoaviy o’yinchi, shuning uchun uni yaxshiroq deb hisoblayman», — deya Ramining so’zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.

ULASHISH