Sergelida yuk mashinasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Damas’i ishtirokida YTH yuz berdi (foto)

Toshkentning Sergeli tumani Sputnik dahasida katta yuk mashinasi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli Damas avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

avariya-1

Hodisa 11-noyabr, juma kuni yuz bergan. To‘qnashuv aynan qanday yuz bergani, jabrlanuvchilar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Avariya oqibatida Damas jiddiy jabrlangan.

avariya-3

avariya-2

Foydalanuvchilarning yozishicha, Sputnikdagi tartibga solinmagan bu kesishmada YTHlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH