Toshkentning Sergeli tumanida, “Dehqon bozori” avtobus bekati oldida Cobalt avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 13-noyabr kuni tunda yuz bergan avariya suratlari va videolari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan.

Videoda Cobalt uning oldida ketayotgan Nexia’ga urilib ketmaslik uchun uni qoidaga xilof ravishda o‘ng tomondan quvib o‘tishga uringani va oqibatda bekatdagi beton ustunga urilib, aylanib ketganini ko‘rish mumkin.

Avariya natijasida Cobalt’ga jiddiy zarar yetgan, uning rulida bo‘lgan yigit jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Nexia’ga ham biroz zarar yetgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH