Semirib ketgan 11 yoshli bolani davolash uchun yoqishga qaror qilishdi

Xitoyning Xarbin shahrida yashovchi 11 yoshli Li Xang ismli bola 165 kilogramm vaznga ega bo`lib, u Prader-Villi sindromi deb ataluvchi irsiy kasallikka chalingan, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Li Xangga oshqozonni kichraytirish yuzasidan o`tkazilgan operatsiya yordam bermagach, u an`anaviy  Xitoy tibbiyot usulida davolanishga majbur bo`ldi. Uni ota-onasi Chanshun shahrida joylashgan kasalxonalardan biriga olib borishdi. Bu terda bolaga banka qo`yib, igna bilan davolashdi. Davolashning kelgusi bosqichida “yog`ni eritish” maqsadida uning tanasiga “o`t qo`yishdi”. Albatta, bunday davolash usullarini qabul qilish, bechora Liga oson bo`lmadi.

7e5lw5ilive89je2vt47qzr0x

 

Prader-Villi sindromiga chalingan Li Xang 4 yoshda ekanligida uning vazni 43 kilogrammni tashkil etgan. U jadallik bilan semiravergandan keyin ota-onasi uni davolatishga harakat qildi. Semirishdan tashqari Lida gipertoniya, yog`li gepatoz va podagra kasalliklari aniqlangan. U davolanayotgan kasalxonadagi 53 nafar bemorning 7 nafari bolalardir.

0lrphij9s4kdpu9boy7mqwpr0

 

Fotosuratlardan kasalxonadagi mahalliy mutaxassislar ajdodlaridan qolgan tibbiy usullar yordamida semirib ketgan bemorlarni davolashayotganligini tushunish mumkin. Olov yordamida davolash asosan semizlikdan va qabziyatdan aziyat chekayotgan bemorlarda qo`llanadi. Bunda bemorning tanasiga spirtda namlangan ho`l sochiq yopilib, o`t qo`yiladi. Bu davolash usuli turli og`riqlarni yo`qotishda qo`l keladi.

7yon3zmeg3mock86vbkf0luxi

42ktmuwj5v515831cbmrgoqel

 

 

manba: Darakchi.uz

ULASHISH