Gliese 730 yulduzi sayyoramiz tomon sekin-asta harakatlanmoqda. Astrofiziklar bu yulduz yerni meteorit yomg‘iriga ko‘mib tashlashi mumkinligidan xavfsirashmoqda. Bu haqda Astronomy & Astrophysics ga asoslanib mir24.tv xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar Gliese 730 ni anchadan beri kuzatishmoqda. Hozircha yulduzgacha bo‘lgan masofa 45 yorug‘lik yiliga teng. Olimlar fikricha Gliese 730 yerga yetib kelsa, bu Oorta qatlamida tartibsizliklarga sabab bo‘ladi. Masalan, orbitadagi jismlar harakatida uzilishlar paydo bo‘lib, kometalar Yerga yo‘gilishi mumkin.

Astrofiziklar hisob kitobiga ko‘ra bu ssenariyning amalga oshish ehtimoli 90%. Tadqiqotchilarning bu kometa yomg‘iridan xavfsirashiga asosiy sabab, 55 million yil avval Yerga tushgan birgina kometa global isishga va dinozavrlar halokatiga olib kelganidir.

ULASHISH