Rossiyaning Saxalin viloyatidagi Ilinsk qishlog`i aholisi ulkan maxluqning jasadidan dahshatga tushdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Foydalanuvchilaridan biri maxluq jasadining qoldiqlari aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, maxluq serjun bo`lib, uzun tirnoqlari bo`lgan. Bundan tashqari boshining o`rnida dum bo`lgan.

Ammo suratni tomosha qilgan olimlardan biri odamlarni tinchlantirib, bu oddiy delfin ekanligi haqida fikr bildirdi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH