Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga mamlakatning sobiq rahbari Viktor Yanukovichdan uzr so’rashni va o’z o’rnini unga bo’shatib berishni taklif qildi.

“Normand to’rtligi” muzokaralaridan so’ng Petro Alekseyevich Viktor Fyodorovichdan shunchaki uzr so’rashi, uni Ukrainaga taklif etishi va o’rnini unga bo’shatib berishi lozim. Chunki, afsuski, ayni damda bizning diplomatiyamiz o’ta zaif”, dedi Savchenko Ukrainaning “1+1” telekanalidagi chiqishida.

Avvalroq Berlinda o’tgan “Normand to’rtligi” yetakchilari Ukraina janubi-sharqida nizolashayotgan tomonlar va Donbassda YeHHT missiyasini kengaytirish borasida kelishib olishgani xabar berilgan edi.

manba: Kun.uz

ULASHISH