«Atletiko» yarim himoyachisi Saul Niges «Real»ga qarshi bo’lib o’tadigan derbi haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi «Championat.asia».

«Atletiko» o’tgan turda mag’lub bo’ldi va tezroq g’alaba qozonmoqchi. Bu g’alaba bizga «Real» bilan o’rtamizdagi farqni kamaytirishga yordam beradi. Bu «Visente Kalderon»da o’tadigan so’nggi derbi. Ushbu bahs oldingilaridan ajralib turadi. Agar 3 ochko qo’lga kiritishni istasak, o’z vazifamizni yaxshi bajarishimiz kerak.

Uchrashuv qanday yakunlanadi? «Atletiko» 1:0 hisobida g’alaba qozonadi. Grizmann gol uradi» — deydi Saul.

ULASHISH