Saudiyalik erkak rafiqasining suratlari sababli to’yidan 2 soat o’tib ajrashishga ariza berdi. Bunga kelinning nikoh shartnomasi qoidalarini buzgani sabab bo’lgan. Shartnomaga ko’ra qiz Snapchat, Instagram yoki Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda suratini joylashtirishga huquqi bo’lmagan, deb xabar bermoqda Daily mail nashri.

«Afsuski, mening singlim o’z majburiyatiga amal qilmadi va o’z dugonalariga to’y marosimidan olingan suratlarni Snapchat orqali jo’natgan. Bu kutilmagan oqibatlarga olib keldi – kuyov ajrashishga qaror qildi», deb yozdi kelinning akasi.

Ta`kidlanishicha, ikkala yoshning qarindoshlari shu sababli mojaro ko’tarishdi: kelinning ota-onasi bu qarorni adolatsiz deb hisoblagan, kuyovning ota-onasi esa ularning farzandi ajrashishga to’liq haqli ekanligini vaj qilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH