Rossiyaning Saratov viloyatida kattalar qarovisiz qolgan ikki kichik yoshli bolalar uyda yuz bergan yong‘in tufayli halok bo‘lishdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tergov komitetining mintaqaviy boshqarmasi vakili Yekatirina Pirskaya «RIA Novosti“ ga xabar bergan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 18 noyabr kechqurun Voskresens tumanining qishloqlaridan biridagi uyda yong‘in kelib chiqqan. Afsuski, uyda kattalar nazoratisiz to‘rt yoshli qizcha va uning bir yarim yo`shli ukasi bo‘lgan. Olov o‘chgach uydan ularning tanalari topildi” — dedi Yekatirina Pirskaya. U bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergov o‘tkazilishini aytib o‘tdi.

«Fojia vaqtida bolalarning ota-onasi qayerda bo‘lgani, ularning tarbiyasi va bolalarning yashash shart-sharoiti qanday bo‘lgani tergov davomida aniqlashtiriladi” — deya qo‘shimcha qildi Pirskaya.

FVV ning mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i yong‘in tavsilotlarini aniqlashtirdi. Unga ko‘ra yong‘in Saratov viloyati, Voskresens tumani Kadomka qishlog‘ida Moskva vaqti bilan 18.11 da boshlangan, 18.45 da olov o‘chirilgan. Yong‘in 36 kvadrat metr maydonda yuz bergan.

ULASHISH