Buyuk Britaniyada saraton xastaligining og‘ir shakli bilan kasallangan 14 yoshli qiz sudda o‘z tanasini kriogen konservatsiyalash (muzlatib qo‘yish) huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, qiz u chalingan xastalikning davosi topilguniga qadar muzxonada saqlanishni istaydi.

“Men bor-yo‘g‘i 14 yoshdaman, o‘limshni istamayman, lekin o‘layotganimni bilaman. Meni ko‘mishlarini xohlamayman. O‘ylashimcha, kriokonservatsiya menga davolanish imkoniyatini beradi, hatto yuz yillardan keyin uyg‘onsam ham”, — deyiladi qizning sudga yo‘llangan maktubida.

Sudya Piter Jekson qizning onasi o‘smirning taqdirini hal qilish huquqiga egaligini tasdiqladi. Shundan so‘ng qizning tanasi Londondan AQShga jo‘natildi va u yerda muzlatib qo‘yildi.

Tanani cheklanmagan muddat davomida saqlash xizmatini Arizona shtatidagi Alcor tijorat tashkiloti ko‘rsatadi. Xizmat narxi 37 ming funt sterlingni tashkil etdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH