Futbol bo‘yicha JCh–2018 turniriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Federatsiya Kengashining vaqtincha qo‘mitasi rahbari Vadim Tyulpanov Sankt-Peterburg shahrida qurilayotgan, “Zenit” klubiga tegishli “Piter Arena” stadionidagi chang, loy va mog‘orni ko‘ngillilar yordamida tozalashni taklif qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Qurilish obyektidagi chang, loy va mog‘or bilan qanday kurashish kerakligi haqidagi savolga Tyulpanov Qozon tajribasiga murojaat qilish lozimligini ta’kidladi.

“Qozondagi stadion qurib bitganidan so‘ng minglar ko‘ngillilar bir oy davomida har kuni shampun yordamida uni chang va mog‘ordan tozalagan. Bizda stadion kattaroq va uni tozalash uchun ham kamida bir oy kerak bo‘ladi. Talaba va kursantlarga murojaat qilyapman”, – dedi Vadim Tyulpanov.

manba: Daryo.uz

ULASHISH