O’zbekiston milliy terma jamaosi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiya kubogi doirasidagi «Krasnodar» — «Orenburg» o’yinini stadiondan kuzatib bordi.

27 oktabr kuni o’tkazilgan ushbu uchrashuvda Samvel Babayan O’zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda terma jamoaga nomzod bo’lgan Vadim Afoninning o’yinini ko’zdan kechirdi.

Ushbu o’yin 3:2 hisobida «Krasnodar» jamoasi g’alabasi bilan yakunlandi. «Krasnodar»ning gollariga Grankvist (57, 100) hamda Izmailov (67) mualliflik qilgan bo’lsa, «Orenburg» safida gollarni Breyev (55) va Oyyevol (59) urgan. Odil Ahmedov ham, Vadim Afonin ham ushbu o’yinda golli pas mualliflari bo’lishgan.

ULASHISH