“Championat.asia” nashri O‘zbekiston Oliy Ligasida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganiga qaramay, mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv olmayotgan eng kuchli 10 nafar futbolchi nomini keltirdi.

Ichki chempionatda to‘purar bo‘lib turgan “Lokomotiv” a’zosi Temurxo‘ja Abduxoliqov ro‘yxatda birinchi bo‘lib kelgan. Ukraina chempionatida to‘p surayotgan Sanjar Tursunov ham negadir termaga jalb etilmayotgani aytib o‘tilgan.

Taklif etilgan futbolchilarning to‘rt nafari himoyachilar bo‘lib, shularning 75 foizi “Bunyodkor”da harakat qiladi: Akmal Shorahmedov, Akrom Komilov va Rustam Ashurmatov. Shuningdek, “Nasaf” vakili Sherzod A’zamov nomini ham uchratish mumkin.

Manba Sanjar Shoahmedov, Shohruz Norxonov, Shavkat Salomov, Murod Zuxurov kabi futbolchilarni hech bo‘lmaganda kengaytirilgan tarkibga kiritish mumkinligi haqida aytgan.

ULASHISH