Samsung kompaniyasi vakillarining so’zlariga ko’ra, Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga (SA) ega virtual yordamchi bilan ta`minlanadi. The Korean Times shu haqida xabar berdi

«Galaxy S8 bizning SA-yordamchi texnologiyali ilk smartfonimiz bo’ladi, — deydi Samsung Electronics vitse-prezidenti In Yong Ri. — Bu sun`iy aql salohiyati bilan ta`minlangan qurilmalar qanday qilib inson hayotiga yanada ko’proq qulaylik olib kirishi mumkinligi haqidagi tasavvurga erishish sari qo’yilgan ilk qadam bo’ladi».

Kompaniya yaqindagina qo’lga kiritgan Viv startapi (aqlli yordamchini ishlab chiqish bilan shug’ullangan) tufayli o’z g’oyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu yordamchi turli masalalarni hal qilishda begona qurilmalar va servislar bilan «hamkorlik qilish»ga qodir.

Samsung xodimining ta`kidlashicha, kelajakda ilovalarni foydalanuvchilar ishga tushirishmaydi — virtual yordamchi barcha harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar unga o’z dasturlarini o’rnatishlari va shu tariqa yordamchining imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin bo’ladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH