Samsung Electrorics kompaniyani ikkiga bo‘lish haqidagi aksionerlaridan birining taklifini bugun — seshanba kuni ko‘rib chiqadi, — deb xabar beradi kommersant.ru.

Oktyabr oyida Amerikaning Elliott Managment xedj-fondi Samsung rahbariyatiga kompaniya tarkibidan bozordagi aktivlarni boshqaruvchi va bevosita ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarni alohida ajratib chiqarishni taklif qilgan edi. Bundan tashqari taklifda 26 milliard dollarni maxsus divident shaklida to‘lash, investorlarga eng kamida 75% erkin kapitallarini qaytarishga va’da qilish va bir necha mustaqil direktorlarni tayinlash ham ko‘zda tutilgan edi. Xedj-fondning fikricha bunday bo‘linish Janubiy Korea kompaniyasining aksiya bozoridagi kapitalini oshiradi va holdingga asos solgan Li oilasi a’zolarining nazoratini kuchaytiradi.

Samsung o‘z biznesining bo‘linishi haqida hali hech qanday rasmiy izoh bergani yo‘q. Kompaniya direktorlar yig‘ilishi bugun — 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

ULASHISH