Ryazanda gaz portlashi oqibatida vayron bo‘lgan uyda istiqomat qilgan 16 yoshli qiz o‘zining tirik qolganligi uchun itidan minnatdor, deb yozadi “Vesti.ru”.

Uy hayvoni kutilmaganda tonggi 4:30 da ko‘chaga chiqishni xohlagan. Qiz iti bilan ko‘chaga chiqqandan bir necha daqiqa o‘tib, tonggi beshga yaqin portlash sodir bo‘lgan.

Qiz ota-onasi bilan mazkur uyning sakkizinchi qavatida istiqomat qilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Dastlab uch kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan bo‘lsa, 24-oktabrda vayronalar ostidan yana to‘rt kishining jasadi topilgan.

Ryazandagi o‘n qavatli uyning yuqori qavatlaridagi maishiy gazning portlashi 23-oktabr kuni yuz bergan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH