Rustam Qosimjonov “Shaxmat Yulduzlari”da g‘olib bo‘lmasdan 10 ming dollar ishladi

Toshkentda Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan tezkor shaxmat bo‘yicha “Shaxmat Yulduzlari” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.

9b89356427d81b1796bae1de5c3676be-680x383

Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov jami 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, 10 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

9931ef4cab0d17913f9fdefaa8db26ae-680x383

Musobaqa yakuniga ko‘ra 8 ochkoga ega bo‘lgan ozarbayjonlik Shaxriyor Mamadiyorov 1-o‘rin va 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi.

Isroillik Boris Gelfand 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va 12 ming dollarga ega chiqdi. So‘nggi o‘rinni egallagan ukrainalik Ruslan Ponomaryov 8 ming dollar bilan taqdirlandi.

ULASHISH