Vladimir Dalya lug‘atidagi 20 % so‘z bugungi kunda umuman ishlatilmayapti, — deb xabar beradi vm.ru.

— Dalya lug‘ati bundan bir yuz ellik yil oldin birinchi marta to‘liq nashrdan chiqqan edi. U Rossiyada XIX asr o‘rtalarida gaplashiladigan, jonli tilni o‘zida mujassam etgani uchun mashhurlikka erishgan edi. Biz o‘sha davrdan beri til qanchalik o‘zgarganini tekshirib ko‘rishga qaror qildik. Dalya lug‘atidagi so‘zlarni bugungi kunda odamlar qidiruv tizimida ishlatadigan so‘zlar bilar solishtirib ko‘rdik, — deyiladi Yandex tadqiqotida.

Yil davomida qidiruv tizimi foydalanuvchilari XX va XXI asr tiliga oid 750 ming so‘zni ma’nosini qidirishgan. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra bu so‘zlar zamonaviy matnlarda ishlatiladigan so‘zlardir. Dalya lug‘atida 200 ming so‘z mavjud bo‘lib, ularning beshdan biri (18 foizi) yil davomida qidiruv tizimlarida biror marta ham uchramagan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra Dalya lug‘atini tark etgan so‘zlarni iste’moldan butunlay chiqqan deb hisoblash mumkin.

ULASHISH