Rossiyaning Jamoat palatasi aholisi eng ko‘p alkogol iste’mol qiluvchi hududlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda Magadan viloyati, Chukots avtonom okrugi va Komi yetakchilik qilmoqda, — deb yozadi izvestia.ru.

Kuchli uchlikdan so‘ng ro‘yxatni Amur viloyati, Perm o‘lkasi, Kareliya, Buryatiya, Saxalin viloyati, Nijegorod viloyati va Kamchatka o‘lkasi davom ettirgan.

Shimoliy Kavkaz respublikalari — Checheniston, Ingushiya va Dog‘iston federatsiyaning eng hushyor o‘lkalari ekan. Aynan ular o‘tgan yili ham hushyorlik ro‘yxatiga boshchilik qilgandi. Ulardan tashqari o‘tgan yili alkogol iste’molining past darajasi Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov viloyati, Shimoliy Osetiya, Kabardino-Balkariya, Volgrad viloyati va Krasnodar o‘lkasida qayd etilgan edi.

ULASHISH